Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

NAFRAT ZANJIRINI QANDAY UZISH MUMKIN?

4 | Xudoning yordami bilan nafratni yenging

4 | Xudoning yordami bilan nafratni yenging

Muqaddas Kitob ta’limoti:

«Muqaddas ruh samarasi... sevgi, sevinch, tinchlik, sabr-toqat, mehribonlik, himmat, imon, muloyimlik va o‘zini tuta bilishdir». (GALATIYALIKLARGA 5:22, 23)

Bu nimani anglatadi?

Xudoning yordami bilan nafrat zanjirini uzishning imkoni bor. Uning muqaddas ruhi, ehtimol, o‘z kuchimiz bilan hech qachon rivojlantira olmaydigan fazilatlarga ega bo‘lishimizga yordam beradi. O‘zimiz nafratni yengishga harakat qilishdan ko‘ra, Xudo taqdim etayotgan yordamga tayanish oqilona bo‘ladi. Agar shunday yo‘l tutsak, o‘zimizni quyidagi so‘zlarni aytgan Pavlusdek his qilamiz: «Meni qo‘llab-quvvatlayotganning madadi bilan har narsani qila olaman». (Filippiliklarga 4:13) Shuningdek, «Yahovadan menga yordam keladi», deb ayta olamiz. (Zabur 121:2)

Nima qilishingiz mumkin?

«Xudovand Yahova menday zolim insonni yuvosh kishiga o‘zgartirdi». (VALDO)

Yahovaga ibodat qilib, muqaddas ruh berishini chin dildan so‘rang. (Luqo 11:13) Ilohiy fazilatlarni rivojlantirish uchun Uning yordamiga muhtoj ekaningizni ham ayting. Muqaddas Kitobda nafratni yengishga yordam beradigan sevgi, tinchlik, sabr-toqat va o‘zini tuta bilish kabi fazilatlar haqida nima deyilgani borasida izlanish o‘tkazing. Ushbu fazilatlarni rivojlantirishga harakat qiling. Bunga intilayotganlar bilan do‘stlashing. Ular sizni «sevishga va ezgu ishlar qilishga unday» oladi. (Ibroniylarga 10:24)