Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Porloq kelajak — har bir odamning orzusi

Porloq kelajak — har bir odamning orzusi

Siz qanday kelajakni orzu qilasiz? Shubhasizki, aksariyat insonlar singari siz ham oilangiz bilan birga porloq kelajakka erishishni, ya’ni baxtiyor va sog‘lom bo‘lishni hamda tinch va farovon hayot kechirishni istaysiz.

Ammo ko‘p odamlar orzu qilgan kelajagiga erisha olishidan shubhalanishadi. Chunki kutilmaganda yuz beradigan hodisalar, masalan, COVID-19 pandemiyasi odamlarning yashash tarziga salbiy ta’sir o‘tkazdi, kambag‘alchilikka olib keldi va hatto ko‘pchilikning hayotiga zomin bo‘ldi. Buning dastidan kelajagi porloq bo‘lishiga ularning ko‘zi yetmaydi.

Dunyo noaniqlikka to‘lib-toshgani uchun insonlar ularni yaxshiroq kelajakka yetaklaydigan narsani astoydil izlashyapti. Ayrimlar taqdir yoki omad kabi ko‘rinmas kuchlarga ishonadi. Ko‘plar oliy ma’lumot va boylikni porloq kelajak garovi deb hisoblaydi. Boshqalar esa yaxshi hayot kechirish uchun yaxshi inson bo‘lishning o‘zi yetarli, deb o‘ylaydi.

Yuqoridagilardan birortasi sizni porloq kelajakka yetaklay oladimi? Buni bilish uchun quyidagi savollarni ko‘rib chiqishingiz lozim:

  • Kelajagingizni aslida nima belgilaydi?

  • Oliy ma’lumot va pul yaxshi hayot garovi bo‘la oladimi?

  • Yaxshi inson ekaningiz kelajagingiz porloq bo‘lishini kafolatlaydimi?

  • Porloq kelajakka yetaklaydigan ishonchli yo‘l-yo‘riqlarni qaysi manbadan topishingiz mumkin?

«Qo‘riqchi minorasi» jurnalining mazkur sonida ushbu savollarga javob topasiz.