Voiz 7:1-29

  • Yaxshi nom va o‘lim kuni (1-4)

  • Dononing tanbehi (5-7)

  • Ishning oxiri boshlanishidan afzalroq (8-10)

  • Donolikning ustunligi (11, 12)

  • Yaxshi va yomon kunlar (13-15)

  • O‘z haddingni bil (16-22)

  • Voizning kuzatuvlari (23-29)

7  Yaxshi nom qimmatbaho moydan+, o‘lim kuni esa tug‘ilgan kundan yaxshiroqdir.  Ziyofat uyiga borgandan ko‘ra+, azador uyga borish yaxshiroq, chunki har bir odam o‘limga duchor bo‘ladi. Tiriklar buni yodda tutsin.  Kulgidan ko‘ra qayg‘u afzalroqdir+, sababi, yuzdagi g‘am qalbni go‘zallashtiradi+.  Dononing yuragi azador uyda, nodonning yuragi esa ziyofat* uyidadir+.  Ahmoqlarning qo‘shig‘ini eshitgandan ko‘ra, dononing tanbehiga quloq solgan yaxshiroq+.  Ahmoqning kulgisi+ qozon tagida chirsillab yonayotgan tikanga o‘xshaydi. Bu ham behudadir.  Jabr-zulm dononi aqlsizlik qilishga undaydi, pora esa qalbni buzadi+.  Ishning oxiri boshlanishidan afzalroq. Sabrli bo‘lish, takabbur bo‘lgandan yaxshiroqdir+.  Arazchi bo‘lma*+, chunki gina-kudurat ahmoqlar ko‘nglida in quradi*+. 10  «Avvalgi kunlar hozirgidan yaxshi edi»,— dema. Dono odam bunday demaydi+. 11  Donolik merosga qo‘shilib kelsa yaxshidir, yorug‘ dunyoda yurganlar uchun foydalidir. 12  Chunki pul odamga himoya berganiday+, donolik ham uni himoyalaydi+. Ammo bilim va donolikning ustunligi shundaki, ular o‘z sohibining hayotini saqlaydi+. 13  Allohning ishlariga nazar sol: U egri qilgan narsani kim ham to‘g‘rilay olardi?!+ 14  Yaxshi kunda shod-xurram bo‘l+, yomon kunda esa shuni yodda tutginki, yaxshi kunni ham, yomon kunni ham Xudo beradi+. Shu bois, odamzod kelajakda u bilan nima bo‘lishini bila olmaydi+. 15  O‘tkinchi hayotim davomida+ barcha narsani ko‘rdim: odil kishi odilligiga qaramay barvaqt o‘lar ekan+, yovuz kishi esa yovuzligiga qaramay, uzoq yashar ekan+. 16  Haddan oshiq odil bo‘lma+, o‘zingni ortiq darajada dono qilib ham ko‘rsatma+. Nega endi o‘zingni halok qilishing kerak?!+ 17  Yovuzlikka berilib ketma, aqlsiz ham bo‘lma+. Nima uchun bevaqt o‘lishing kerak?!+ 18  Birinchi ogohlantirishga quloq sol, ikkinchisini ham unutma+. Chunki Xudodan qo‘rqqan ikkisiga ham rioya qiladi. 19  Donolik insonni shahardagi o‘nta baquvvat kishidan ham kuchliroq qiladi+. 20  Boisi, yer yuzida doimo yaxshilik qilib, hech qachon gunoh qilmaydigan insonning o‘zi yo‘qdir+. 21  Odamlarning har bir so‘zini yuragingga yaqin olaverma+, yo‘qsa xizmatkoring seni yomonlayotganini eshitib qolasan. 22  Axir o‘zing ham boshqalarni ko‘p marotaba yomonlaganingni yaxshi bilasan-ku!?+ 23  Bularning barini donolik ila tekshirib, o‘zimga: «Dono bo‘layin»,— deb aytdim. Lekin donolik mendan ancha yiroqda ekan. 24  Bo‘lib o‘tgan narsalarning tagiga yetib bo‘lmaydi, chunki ular tubsizdir. Bularni kim ham anglab yetardi?!+ 25  Men qalbimni donolik va mavjud narsalarni bilishga, o‘rganishga va izlashga moyil qildim. Ahmoqlik — yovuzlik ekanini, nodonlik — telbalik ekanini tushunishga intildim+. 26  So‘ng shuni bilib oldim: ovchining tuzog‘iga o‘xshagan ayol o‘limdan ham achchiqroqdir. Uning qalbi to‘r, qo‘llari esa zanjir kabidir. Allohga ma’qul kelmoqchi bo‘lgan odam undan qochib qutiladi+, gunohkor esa uning o‘ljasiga aylanadi+. 27  «Men nimani anglab yetganimga diqqat qiling,— deydi voiz+. —Xulosa qilish uchun har narsani birin-ketin o‘rganib chiqdim, 28  ammo tinmay izlasam-da, qidirganimni topmadim. Mingta erkak ichidan birgina odil erkakni topdim, lekin ayollar orasidan bironta ham odil ayolni topa olmadim. 29  Men yagona bir to‘xtamga keldim: Alloh insoniyatni odil qilib yaratgan+, ammo ular o‘z maqsadlari payida bo‘lishgan»+.

Izohlar

Yoki «xursandchilik, o‘yin-kulgi».
Boshqa variant «ahmoqlik belgisidir».
So‘zma-so‘z «Xafa bo‘lishga shoshma».