Zabur 86:1-17

  • Yahovaga o‘xshash xudo yo‘q

    • Yahova kechirishga tayyor (5)

    • Barcha xalqlar Yahovaga topinadi (9)

    • «O‘z yo‘ling haqida menga ta’lim ber» (11)

    • «Yuragimni butun qil» (11)

Dovudning ibodati. 86  Ey Yahova, ibodatimga quloq tutib javob ber,Zero, men mazlum va faqirman+.   Jonimni* asra, chunki men sadoqatliman+. Senga suyanayotgan xizmatkoringni omon saqla,Axir Sen mening Xudoyimsan+.   Menga iltifot ko‘rsat, ey Yahova+,Chunki kun bo‘yi Senga murojaat qilaman+.   Xizmatkoringga quvonch baxsh et,Sababi, o‘zimni Senga bag‘ishladim, ey Yahova.   Sen, ey Yahova, mehribon+ va kechirishga tayyorsan+.Senga murojaat qilganlardan mehr-sadoqatingni ayamaysan+.   Ibodatimni tingla, ey Yahova,Yordam so‘rab qilgan iltijoimni eshit+.   Musibat kunimda Senga yuzlanaman+,Boisi, Sen menga javob berasan+.   Ey Yahova, Senga teng keladigan xudo yo‘q+,Senikiga o‘xshash ishlar ham yo‘q+.   Sen yaratgan xalqlarning bariOldingga kelib muk tushadi, ey Yahova+.Ular ismingni ulug‘laydi+. 10  Zero, Sen buyuksan, mo‘jizaviy ishlar yaratasan+.Sen — yagona Xudosan+. 11  Ey Yahova, O‘z yo‘ling haqida menga ta’lim ber+, Toki haqiqat yo‘lingdan yurayin+. Ismingdan qo‘rqishim uchun, yuragimni butun qil+. 12  Ey, Tangrim Yahova, butun qalbim bilan Senga hamd-u sano aytaman+.Ismingni toabad sharaflayman, 13  Menga bo‘lgan mehr-sadoqating g‘oyat buyukdir,Sen jonimni mozor* qa’ridan saqlab qolding+. 14  Ey Tangrim, o‘zbilarmon odamlar menga qarshi chiqmoqda+,Shafqatsiz kishilar jonimni olish payida yuribdi.Ular Seni nazar-pisand qilmaydi+. 15  Sen esa, ey Yahova, shafqatli va rahmdil*,Sabr-toqatli*, mehr-sadoqat va haqiqatga* boy Xudosan+. 16  Menga nazar solib, iltifot ko‘rsat+. Xizmatkoringga kuch-quvvat ato et+,Cho‘ring o‘g‘lini omon saqla. 17  Menga himmating alomatini ko‘rsat.Toki mendan nafratlanadiganlar buni ko‘rib, uyatga qolsin. Chunki Sen, ey Yahova, madadkorim va yupatuvchimsan.

Izohlar

Yoki «Hayotimni».
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atga q.
Yoki «marhamatli».
Yoki «g‘azablanishga shoshmaydigan».
Yoki «sadoqatga».