Asosiy materiallarga o‘tish

Atlanta Yahova Shohidlarini iliqlik ila kutib oldi

Atlanta Yahova Shohidlarini iliqlik ila kutib oldi

«Tashkilotingiz a’zolari Xudoning Shohligini qo‘llab-quvvatlashda g‘ayrat ko‘rsatib, unga chin dildan xizmat qilayotganiga qoyil qolaman. Jamiyat hamda imondoshlaringizni qo‘llab-quvvatlash uchun xayriya ishida amaliy va moddiy yordam berayotganingiz maqtovga sazovor va qadrlidir».

Mazkur so‘zlar AQShning Jorjiya shtati, Atlanta shahrining hokimi Kasim Rid xatidan olingan parcha edi. Ushbu maktub orqali u Yahova Shohidlarining uchta xalqaro anjumani Atlanta shahrida o‘tkazilishiga ruxsat berayotganini bildirdi.

Boz ustiga, Atlanta shahrining hokimiyati anjumanga tashrif buyurganlarni qarshi olish to‘g‘risidagi deklarasiyani taqdim etdi. Bu hujjatda shunday deb yozilgan: «Sakkiz millionga yaqin Yahovaning Shohidlari yerning turli burchaklarida yashab yuzlab tillarda gapirsa-da, sizlarning maqsadingiz bir... [Barchangiz] Muqaddas Kitobning Xudosi, butun borliqning Yaratuvchisi Yahovani sharaflayapsiz».

U yerda 2014-yil iyul va avgust oylarida uchta anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanlarning ikkitasi ingliz, bittasi ispan tilida olib borildi. Bu anjumanlarda kamida 28 ta mamlakatdan mehmonlar tashrif buyurdi. Shuningdek, ingliz tilida o‘tkazilgan dastur bir vaqtning o‘zida rus va yapon tillarida gapiradiganlar uchun tarjima qilindi. Bu anjumanlarga kelganlarning umumiy soni 95 689 kishini tashkil etdi.

2014-yil davomida Yahovaning Shohidlari to‘qqizta mamlakatda 24 ta xalqaro anjumanlarni o‘tkazishdi. Shulardan 16 tasi AQShda bo‘lib o‘tdi.