Asosiy materiallarga o‘tish

Sizlarda ayollar ham va’z qilishadimi?

Sizlarda ayollar ham va’z qilishadimi?

 Ha. Yahova Shohidlarining barchasi, jumladan, millionlab ayollar ham va’z qilishadi yoki xizmat qilishadi. Bu Muqaddas Kitobda: «Xushxabarni e’lon qilayotgan ayollar ulkan qo‘shindir»,— deb aytilgan bashoratga muvofiq. (Zabur 68:11)

 Yahovaning Shohidlari bo‘lgan ayollar Muqaddas Kitobda tilga olingan ayollarning o‘rnagiga taqlid qilishadi. (Hikmatlar 31:10–31) Garchi ular jamoatda boshchilik qilishmasa ham, barchasi va’zgo‘ylik xizmatida faol ishtirok etadi. Boz ustiga, farzandlariga Muqaddas Kitobdagi prinsiplar asosida ta’lim-tarbiya berishadi. (Hikmatlar 1:8) Yahovaning Shohidlari bo‘lgan ayollar so‘zlari-yu xatti-harakatlari bilan boshqalarga yaxshi o‘rnak ko‘rsatishga jon kuydirishadi. (Titusga 2:3–5)