Asosiy materiallarga o‘tish

Nega Yahovaning Shohidlari topinishda xochdan foydalanishmaydi?

Nega Yahovaning Shohidlari topinishda xochdan foydalanishmaydi?

 Ko‘plar uchun xoch xristian olami bilan bog‘liq. Garchi Yahovaning Shohidlari Iso Masihning izdoshlari bo‘lishsa-da, Xudoga topinishda xochdan foydalanishmaydi. Nega?

 Buning sabablaridan biri — Muqaddas Kitobda Iso xochda emas, ustunda o‘lgani haqida aytilgan. Boz ustiga, Xudoning Kalomida aniq-ravshan «butparastlikdan qochinglar», deya yozilgan. Demak, Xudoga topinishda xochdan foydalanmaslik kerak. (1 Korinfliklarga 10:14; 1 Yuhanno 5:21)

 Shuni aytish joizki, Iso: «Agar orangizda mehr-muhabbat bo‘lsa, sizlar mening shogirdlarim ekaningizni barcha bilib oladi»,— deb aytgan. (Yuhanno 13:34, 35) Bu bilan u, haqiqiy izdoshlarini xochga yoki boshqa tasvirlarga sig‘inish emas, fidoyi sevgi ajratib turishini ko‘rsatgan.