Asosiy materiallarga o‘tish

Nega Yahovaning Shohidlari tug‘ilgan kunlarni nishonlamaydi?

Nega Yahovaning Shohidlari tug‘ilgan kunlarni nishonlamaydi?

 Yahovaning Shohidlari tug‘ilgan kunlarni nishonlamaydi, sababi bunday bayramlar Xudoga ma’qul kelmaydi deb bilishadi. Muqaddas Kitobda tug‘ilgan kunni nishonlash man etiladi deb yozilmagan, lekin bu bayramning ba’zi xususiyatlarini va ularga nisbatan Xudoning nuqtai nazarini tushunishga yordam beradi. Keling, bu bayramning to‘rtta xususiyati va u bilan bog‘liq Muqaddas Kitobdagi prinsiplarga e’tibor qarataylik.

  1.   Tug‘ilgan kunni nishonlash butparastlikdan kelib chiqqan. Bir lug‘atda aytilishicha, odamning tug‘ilgan kunida «yovuz ruhlar unga hujum qilishi mumkin», lekin «o‘sha kuni do‘stlari yonida bo‘lib, ezgu tilaklarni aytgani uni himoya qiladi». («Funk & Wagnalls Standard Distionary of Folklore, Mythology, and Legend») Boshqa bir manbada aytilishicha, «qadimda tug‘ilgan kun sanalarini yozib borish muhim hisoblangan, sababi ularga qarab, «astrologiyaning mistik ta’limotiga» asoslangan «munajjimlar bashorati tuzilgan». Bu kitobda yana shunday deyilgan: «Afsonalarga ko‘ra, tug‘ilgan kunda tort ustida yoqiladigan shamlar tilaklarni amalga oshiradigan sirli kuchga ega». («The Lore of Birthdays»)

     Biroq Muqaddas Kitobda sehr-jodu, folbinlik yoki «shularga o‘xshagan ishlar» bilan shug‘ullanish qoralanadi. (Qonunlar 18:14; Galatiyaliklarga 5:19–21) Alloh qadimgi Bobilni yo‘q qilganining sabablaridan biri, aholisi folbinlikning turi bo‘lmish astrologiya bilan shug‘ullangani edi. (Ishayo 47:11–15) Yahovaning Shohidlari har bir urf-odatni ikir-chikirigacha kovlashtirishmaydi, lekin Muqaddas Kitobda muayyan masala bo‘yicha Xudoning nuqtai nazari aniq aks ettirilgan bo‘lsa, uni e’tiboridan chetda qoldirishmaydi.

  2.   Ilk masihiylar tug‘ilgan kunlarni nishonlashmagan. Bir ensiklopediyada aytilishicha, ilk masihiylar «har qanday odamning tug‘ilgan kunini nishonlash butparast urf-odat, deb bilishgan». («The World Book Ensyslopedia») Muqaddas Kitobdan ko‘rib turganimizday, Isoning havoriylari va u ta’lim bergan boshqalar, barcha masihiylar amal qilishi kerak bo‘lgan o‘rnak qoldirishgan. (2 Salonikaliklarga 3:6)

  3.   Masihiylar xotirlashi kerak bo‘lgan yagona kun — tug‘ilgan kun emas, o‘lim kuni, ya’ni Iso Masihning o‘lgan kuni. (Luqo 22:17–20) Bu ajablanarli emas, sababi Muqaddas Kitobda shunday deb yozilgan: «O‘lim kuni... tug‘ilgan kundan yaxshiroqdir». (Voiz 7:1) Yer yuzidagi hayotining oxirida Iso Masih Xudo oldida yaxshi nomga ega bo‘lgan, shuning uchun uning o‘lim kuni tug‘ilgan kunidan muhimroq. (Ibroniylarga 1:4)

  4.   Muqaddas Kitobning hech bir joyida Xudoning xizmatchisi tug‘ilgan kunini nishonlagani haqida yozilmagan. Bu tasodif emas, chunki u yerda Xudoga xizmat qilmagan ikki kishi tug‘ilgan kunini nishonlagani haqida aytilgan. Biroq ikkalasi ham salbiy voqea sifatida yoritilgan. (Ibtido 40:20–22; Mark 6:21–29)

Yahova Shohidlarining bolalari tug‘ilgan kunni nishonlamagani uchun o‘zini baxtsiz his qiladimi?

 Boshqa mehribon ota-onalar kabi Yahovaning Shohidlari ham o‘z farzandlariga yil davomida sevgisini ko‘rsatib, sovg‘alar berishadi va birgalikda vaqtichog‘lik qilishadi. Ular farzandlariga har qanday paytda yaxshi narsalarni beradigan Xudoga taqlid qilishadi. (Matto 7:11) Quyidagi izohlar ko‘rsatib turganiday, Yahova Shohidlarining bolalari o‘zini o‘ksib qolganday his qilmaydi:

  •   «Kutilmaganda sovg‘a berishganda, ko‘proq suyunaman». (Temmi, 12 yosh)

  •   «Tug‘ilgan kunimda sovg‘alar olmasam ham, ota-onam boshqa kunlari menga sovg‘a berib turishadi. Menga kutilmagan sovg‘alar yoqadi». (Gregori, 11 yosh)

  •   «O‘n daqiqa ichida bir-ikkita pishiriq yeb, ashula aytishni bayram desa bo‘ladimi? Uyimizga keling, haqiqiy bayram qanday o‘tishini ko‘rasiz!» (Erik, 6 yosh)